Bitumli praymer
Tom yopish va gidroizolyatsiya ishlarida asosni tayyorlash uchun bitumli praymer. GOST 30693-2000 bo‘yicha sertifikatlangan.
- Muvofiqlik sertifikati № UZ.SMT-01-0031-50720, 27.06.2028 gacha
- Sinov bayonnomasi № SB-0171-162/25 (21.06.2025)

| Ko‘rsatkich | Talab (GOST 30693-2000) | Sinov natijasi |
|---|---|---|
| Tashqi ko‘rinish | bir jinsli | bir jinsli |
| Shartli mustahkamlik | kamida 0,2 MPa | 0,24 MPa |
| Uzilishdagi nisbiy cho‘zilish | kamida 100 % | 100 % |
| Asos bilan yopishish mustahkamligi | kamida 0,1 MPa | 0,11 MPa |
| 24 soatda suv shimish | ko‘pi bilan 5,0 % | 0,56 % |
| Egiluvchanlik (−15 °C, ⌀ 5 mm sterjen) | yoriqsiz | yoriqsiz |