Ko‘p beriladigan savollar
Javob topolmasangiz, bizga yozing.
Praymer nima uchun kerak?
Praymer asosga surtiladi va keyingi izolyatsiya qatlami (mastika yoki rulonli material) yaxshi yopishishiga yordam beradi. Sirtingiz uchun qancha kerakligini bilish uchun ariza qoldiring.
Mahsulotlaringiz sertifikatlanganmi?
Bitumli praymer GOST 30693-2000 bo‘yicha sertifikatlangan (27.06.2028 gacha) va laboratoriya sinovidan o‘tgan. Qurilish bitumi va rulonli tom yopish materiali majburiy sertifikatlashtirish ro‘yxatiga kirmaydi, bu haqida rasmiy xat bor. Hammasi «Hujjatlar» sahifasida.
Brend rasmiy ro‘yxatdan o‘tganmi?
Ha. «Izolci Usta» tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan (guvohnoma № MGU 63244).
Qanday buyurtma beraman?
Ariza qoldiring: biz siz bilan bog‘lanamiz, mahsulot turi, miqdori va narxini kelishamiz.